respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa'y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san'ati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv.m. Muzey xalq amaliy san'ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san'ati, 1920-30-yillar o‘zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta'mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud (2004).
(hozirgi nomi Qoraqalpog'iston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyi) nafaqat Amudaryoning quyi oqimi va Orol dengizi, balki butun O‘rta Osiyodagi eng qadimiy ilmiy-ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining koʻrgazmasi ilk marotaba 1929-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasining birinchi poytaxti Toʻrtkoʻl shahrida tashkil etildi.
1999-yil (baʼzi manbalarda 1998-yil)da Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida ochilgan uy-muzey. Amet va Oyimxon Shomuratovalarning xususiy uy-muzeyi sifatida ochilgan muzeyda ularning faoliyatiga bilan bogʻliq qimmatli eksponatlar saqlanadi. Uy-muzeyga Amet va Oyimxon Shomurotovalarning qizi Oyimgul Shomurotova rahbarlik qilib keladi.
Qoraqalpoqning mashhur shoiri va faylasufi Berdaqga bag‘ishlangan ushbu muzey uning adabiyot va madaniyatga qo‘shgan hissasini sharaflaydi. Unda shoirning qo‘lyozmalari, portretlari va shaxsiy buyumlari o‘rin olgan bo‘lib, uning hayoti va ijodi haqida tushunchalar beradi. Berdaq she’riyatida qoraqalpoq xalqining kurashlari, intilishlari o‘z ifodasini topgan. Muzey adabiyot ixlosmandlari va tarix ixlosmandlarini o‘ziga jalb etadigan muhim madaniy maskan hisoblanadi.