Karakalpakistan

Mizdakxon nekropoli


qadimiy qabriston bo‘lib, Nukus shahridan 40 daqiqa uzoqlikda joylashgan arxeologik inshootlar majmuasi hisoblanadi va ikki yuz gektar maydonni egallaydi. Bu yerda qadimiy qabrlar mavjud, ularning ba'zilari esa 2400 yillik tarixga ega. Mizdakxon - Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng qadimiy va yirik qabristonlardan biridir. Qadim zamonlardan beri bu joy muqaddas va sirli maskan sifatida ko‘plab ziyoratchilarni jalb qilib kelmoqda. So‘nggi dafnlar XIV asrga to‘g‘ri keladi.

10,00 $

Qizil qal’a


Tuproq qal'adan 1,3 km. g'arbda. U har kvadrat shaklga ega bo'lib, ikki tomondan minoralar va kiyimlar16 m. bo'lgan nayzasimon tuynuklarga ega. Qal’aga janubiy-sharqiy tomondan ko’tarma yo’lak orqali kirish mumkin.Ba’zi olimlarning fikricha, harbiy qo’shin garnizonlari kazarmasi sifatida yoki o’rta asrdagi Xorazmga xos bo’lgan mustahkam saroy sifatida. islatilgan.

10,00 $

Jampiq qal'a


Ushbu ko’hna shahar Sulton Uvays tog’ tizmasining janubiy-g’arbiy qismida joylashgan. Ushbu qal’a Amudaryo o’ng sohilining eng ko’rkam yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U murakkab tuzilishga ega. Uning sharqiy qismida to’g’ri burchakli qo’rg’on saqlanib qolgan. Uning pahsadan yasalgan devorlari jips yarim-ustunlar bilan bezatilgan bo’lib, tepalari juft pog’onali arkalar bilan yakunlanadi. Qal’aning ilk qismi miloddan avvalgi IV asrdan milodiy I asrlargacha qurilgan bo’lsada, uning bugungi kungacha saqlanib qolgan devorlari milodiy IX-X asrlarda qurilgan. Ko’hna shaharda topilgan tangalar, ushbu hududda ohirgi marta qachon aholi istiqomat qilganligini (mil. XII-XIV asrlar) aniqlashga yordam bergan.

10,00 $

Qo’yqirilgan qal’a


diametri 80m doira formasida qurilgan. O’rtada diametri 44,4m chamasidagi 2 qavatli inshoot bo’lgan. Arxeologik qazish ishlari o’rtadagi inshootning astronomik tadqiqotlar olib borish uchun qurilganligini aniqladi. Tahminlarga ko’ra Fomalgaut yulduzi eng yorug’ yulduz hisoblanib, Qo’yqirilgan qal’aning qurilishi ushbu astral simvolga bag’ishlangan. Fomalgaut arab tilida “Janubdagi baliqning og’zidan oqqan suvning oxiri» ma’nosini anglatadi, ya’ni suv stixiyasi bilan bog’liq bo’lgan. Qadimgi Xorazm dexqonchiligida suvga sig’inish (kult) katta ahamiyat kasb etgan.

10,00 $

Nazlimxon sulu


Qoraqalpog'istonning Beruniy tumanida joylashgan tarixiy obida hisoblanadi. Bu maskan mahalliy xalqning boy madaniy va tarixiy merosidan darak berib, sayyohlar uchun qiziqarli bo'lgan diqqatga sazovor joylardan biri sanaladi. Nazlimxon Sulu arxitekturasi va tarixi bilan alohida ahamiyatga ega.

102,00 $